1

Italiyada Evropadagi eng baland osma ko`prik qurildi

Dunyo 29.03.2024, 18:23
Italiyada Evropadagi eng baland osma ko`prik qurildi

Italiyaning markaziy Umbria mintaqasida Evropadagi eng baland ko`prik qurildi. Bu haqida zamon.uz xabar bermoqda.

U er sathidan 175 metr balandlikda joylashgan bo`lib, uzunligi 517,5 metrga etadi, unga chiqish uchun 1023 ta zinapoya bo`ylab ko`tarilish kerak.

Ushbu inshoot Sellano va Montesanto qishloqlarini bog`laydi. Uni kesib o`tish uchun 30 dan 45 daqiqagacha vaqt ketadi. Zinapoyalar orasidagi masofa adrenalin oqimini oshiradi va uni engish katta jasora talab qiladi.

Ko`prikdan o`tishga qaror qilganlar xavfsizlik kamarlari bilan ta`minlanadi. Tashrif buyuruvchining bo`yi kamida 120 santimetr bo`lishi, ruhiy va jismoniy salomatligi yaxshi, balandlikdan qo`rqmasligi kerak. Ko`prik yil davomida ishlaydi va chipta narxi 25 evro.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1