Diametri 122 metr bo`lgan 2024 FH2 asteroidi Er tomon uchmoqda. Bu haqida zamon.uz xabar bermoqda.
NASA reaktiv harakat laboratoriyasi ma`lumotlariga ko`ra, u 7 aprel kuni sayyora yonidan uchib o`tadi.
Asteroid soatiga 71 ming kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanib, Erga 6,2 million kilometr masofada yaqinlashadi. Asteroidning yaqinlashish vaqtidagi sayyoragacha bo`lgan masofasi va kattaligi uni potensial xavfli deb tasniflashga asos bermaydi.
NASA ma`lumotlariga ko`ra, asteroidning Erga bundan oldingi yaqinlashishi 1935 yilda yuz bergan va uning keyingi yaqinlashuvi 2113 yilda bo`ladi.






