Joriy yilning 2 aprel kuni soat 13:00 da Istanbul viloyati Shishli tumanidagi 16 qavatli turar-joy binosida yuz bergan yong`inda 29 kishi halok bo`ldi. Bu haqida O`zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Yong`in binoning birinchi qavatida joylashgan tungi klubda sodir bo`lgan, klub Ramazon oyi munosabati bilan faoliyat yuritmayotgan bo`lib, ta`mirlash ishlari olib borilayotganligi ma`lum qilindi.
Holat yuzasidan mahalliy prokuratura tomonidan jinoiy ish qo`zg`atilib, hozirgi vaqtda 5 kishi ushlangan.
Halok bo`lganlarning barchasi tungi klubni ta`mirlayotgan ishchilar bo`lgan. Ularning shaxsiga aniqlik kiritish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. J
Jabrlanganlar va ushlanganlar orasida O`zbekiston fuqarolari aniqlanmagan.






