1

O`zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog`onaga yuqoriladi

Sport 04.04.2024, 17:24
O`zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog`onaga yuqoriladi

FIFA 4-aprel kuni terma jamoalar reytingini yangiladi.  Bu haqda O`zbekiston Futbol Assosiasiyasi xabar berdi.

Unga ko`ra O`zbekiston milliy terma jamoasi 2 pog`onaga yuqorilab, 64-o`rinda qayd etildi.

Milliy terma jamoa Osiyoda Yaponiya (18-o`rin), Eron (20), Janubiy Koreya (23), Avstraliya (24), Qatar (34), Saudiya Arabiston (53) va Iroqdan (58) keyingi 8-o`rinni egalladi. O`zbekiston 15-fevraldan to 4-aprelgacha 10.08 FIFA ochkolarini jamg`argan.

Reytingni Argentina, Fransiya va Belgiya terma jamoalari boshqarib bormoqda. Kuchli o`nlikda, shuningdek, Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Ispaniya, Italiya va Xorvatiya joy olgan.

O`zbekiston so`nggi oyda Jahon chempionati saralash musobaqasi doirasida Gonkong terma jamoasi bilan ikki marta (0:2, 3:0) mag`lub etdi. Jamoa navbatdagi saralash o`yinlarini iyun oyida Turkmaniston va Eronga qarshi o`tkazadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1