AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`irli ob-havo kuzatiladi

'Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`irli ob-havo kuzatiladi'ning rasmi

Bugun kunduzi Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Samarqand, Jizzax viloyatlarida ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15-20° bo`ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17° boladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar