AsosiyJamiyat

Qarshidagi maktabda o`rtoqlari tomonidan kaltaklangan yigitning umurtqasi sindi

'Qarshidagi maktabda o`rtoqlari tomonidan kaltaklangan yigitning umurtqasi sindi'ning rasmi

Jabrlanuvchi yigitning onasi holatga befarq qaralyotganini aytib, murojaat bilan chiqdi. Mas`ul tashkilot hodisaga izoh berdi.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda maktabda bir o`quvchi ikkinchi o`quvchi 2009 yilda tug`ilgan yigitni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Jabrlanuvchi yigitning onasi murojaatbilan chiqib, janjal natijasida o`g`lining umurtqa pog`onasi singani, maktab direktori va o`rinbosari birinchi yoram ko`rsatmay, bolani direktor xonasiga olib kirishganini aytgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Matkabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi ma`lumot berdi berdi. 

Qayd etilishicha, mazkur murojaat ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishdan avval ham Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi tomonidan o`rnatilgan tartib asosida Qarshi tumanidagi 55-maktab faoliyati o`rganilgan.

Shuningdek, o`quvchilar o`rtasida yuzaga kelgan holat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o`rganilib, qonuniy to`xtamga kelingan. Ammo, qanday chora ko`rilgani haqida ma`lumot berilmagan.

Ma`lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarma boshlig`ining 19 martdagi tegishli buyrug`i bilan Qarshi tumanidagi 55-sonli umumiy o`rta ta`lim maktab direktori M.P bilan Mehnat kodeksining 157-moddasi 2-qismiga asosan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

 

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar