AsosiyDunyo

Turkiya tojikistonliklar uchun vizasiz rejimni bekor qildi

'Turkiya tojikistonliklar uchun vizasiz rejimni bekor qildi'ning rasmi

Tojikiston fuqarolari endi Turkiyaga vizasiz kira olmaydi. Tegishli farmon “Resmi Gazete”da chop etildi va prezident Rajab Toyyib Erdo`g`an imzoladi.

«Tojikiston fuqarolarining Turkiyaga umumiy fuqarolik pasporti orqali kirishi bo`yicha vizasiz rejimni bekor etishga qaror qilindi», — deyiladi hujjatda. 

Qaror rasmiy e`lon qilingan paytdan e`tiboran kuchga kiradi. 

Ilgari Tojikiston fuqarolari Turkiyaga sayohat maqsadi turizm bo`lsa va qolish muddati 90 kundan oshmasa, vizasiz borishi mumkin edi. 

Aprel oyi boshida Istanbulda Tojikiston fuqarosi va Qirg`iziston fuqarosi terrorchilik aktini tayyorlashda gumonlanib qo`lga olingan edi.

#Turkiya      #viza         #terrorchilik

    Boshqa yangiliklar