1

O`zbekistonda maktablardagi davomatning eng past ko`rsatkichlari kuzatilgan hududlar ma`lum qilindi

Jamiyat 06.04.2024, 12:11
O`zbekistonda maktablardagi davomatning eng past ko`rsatkichlari kuzatilgan hududlar ma`lum qilindi

2022 yilda maktablardagi o`rtacha davomat 83,6 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2023 yilga kelib 82,5 foizga tushgan. O`zbekistondagi umumta`lim maktablarida davomat bilan bog`liq holatni o`rganildi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari xabar berdi.

Tahlil natijasiga ko`ra, 2022 yilda maktablardagi o`rtacha davomat 83,6 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2023 yilga kelib 82,5 foizga tushgan.

Hududlar bo`yicha davomatning eng past ko`rsatkichlari Toshkent shahri (57,8 foiz), Jizzax (76,9 foiz), Toshkent (75,8 foiz) va Farg`ona (79,8 foiz) viloyatlarida kuzatilgan. Eng yuqori ko`rsatkichlar esa Buxoro (89,1 foiz), Surxondaryo (88,3 foiz) va Qashqadaryo (88,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Predmetlar kesimida, boshlang`ich sinf o`quvchilari orasida eng past davomat ko`rsatkichlari o`zbek tili va matematika predmetlarida kuzatilgan.

O`rta sinf o`quvchilari orasida o`zbek tili, informatika, adabiyot va ingliz tili fanlari, yuqori sinf o`quvchilari orasida ham o`zbek tili, informatika, algebra va ingliz tili fanlarida davomatning eng past ko`rsatkichlari kuzatilgan.

Ota-onalar orasida o`tkazilgan so`rov natijalariga ko`ra,betob bo`lib qolishi (75,4 foiz), ota-onasiga ishlarda yordam berishi (8,9 foiz), ota-onasi ishga chiqishi kerakligi, 6 yoshgacha bo`lgan bolalarga qaraydigan boshqa odam yo`qligi (3,1 foiz), xususiy o`qituvchi/repetitor bilan o`qishi (1,7 foiz), maktabga borishi uchun qo`shimcha xarajatlarga mablag` etishmasligi (1,1 foiz) o`quvchilarning dars qoldirishidagi asosiy sabablardir. So`rovda qatnashgan ota-onalarning 8,5 foizi farzandi nima sababdan dars qoldirganini bilmasligini aytgan.

PISA (o`quvchilarning ta`limdagi yutuqlarini baholash bo`yicha xalqaro dastur) ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekistonda darslarni ketma-ket uch oy qoldirgan o`quvchilar ulushi 18,5 foizni tashkil etgan (PISA`da ishtirok etgan mamlakatlar orasidagi o`rtacha ko`rsatkich 10,3 foiz). Bu ko`rsatkich o`g`il bolalar orasida qiz bolalar orasidagi ko`rsatkichga nisbatan yuqoriroq.

#maktab   #davomat   #o`vuvchilar

 

 

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1