1

Bugun Toshkent va Toshkent viloyati ko`chalarida harbiy zirhli texnikalar harakatlanadi

Jamiyat 06.04.2024, 13:56
Bugun Toshkent va Toshkent viloyati ko`chalarida harbiy zirhli texnikalar harakatlanadi

Bugun, 6 aprel kuni Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq, Toshkent harbiy okrugi qo`shinlari bo`linmalari ishtirokida maxsus-taktik o`quvlar boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

"Tashkil etilgan taktik o`quvlarda harbiy okrug qo`shinlari bo`linmalarining zirhli texnikalari, harbiy engil zirhli va yuk avtomobillarining Toshkent viloyati va Toshkent shahrining belgilangan marshrutlari bo`yicha harakatlanishi rejalashtirilgan.

Harbiy texnikalar harakati vaqtida haydovchilarga yo`l-harakati qoidalari va harakat xavfsizligiga qat`iy rioya qilish tavsiya qilinadi", - deyiladi xabarda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1