1

Til sertifikati talabi natijasida OTMlar 3 yilda 206 mlrd 435 mln so`m yo`qotgan

Jamiyat 06.04.2024, 15:48
Til sertifikati talabi natijasida OTMlar 3 yilda 206 mlrd 435 mln so`m yo`qotgan

Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan Prezidentning 2021 yil 19 maydagi PQ–5117-son qarori tartibga solish ta`sirini baholash (TSTB) dan o`tkazilmoqda. Vazirlik tomonidan mazkur qaror bo`yicha to`ldirilgan TSTB hisoboti e`lon qilindi.

Hisobotga ko`ra, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun ajratilgan kvotalar ochiq qolganligi tufayli oliy ta`lim muassasalari uchun yuzaga kelgan moliyaviy yo`qotishlar 2021–2023 yillar oralig`ida jami 206 mlrd 435 mln so`mni tashkil etgan.

Bu borada moliyaviy yo`qotishlar 2021 yilda 18 mlrd 690 mln so`mni, 2022 yilda 101 mlrd 865 mln so`mni, 2023 yilda 85 mlrd 880 mln so`mni tashkil etgan.

Ma`lumot uchun, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun 2021 yilda 20,7 foiz kvota ochiq qolgan bo`lsa, 2022 yilda 80,2 foiz, 2023 yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan.

Shuningdek, hujjat topshirgan yoki talabgorlar soni so`nggi 3 yilda 12,5 baravarga kamaygan.

#ta`lim     #fan   #til sertifikati 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1