Janjalga kaltaklangan ayol do`pposlagan ayolni o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida haqoratlagani sabab bo`lgan.Bu haqda «Millar» dasturi xabar qildi.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda ayollar o`rtasida janjal aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo`lgan edi.
Mazkur holat Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumanidagi savdo komplekslaridan birida sodir bo`lgan.
Ma`lum qilinishicha, 2000 yilda tug`ilgan ayol 1994 yilda tug`ilgan ayolni tahqirlagan. Kaltaklangan ayol do`pposlagan ayolni o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida haqoratlagan. Natijada ular o`rtasida janjal yuzaga kelgan.
Do`pposlayotgan ayol ushbu videoni “Menga tuhmat qilish shunday bo`ladi”, degan izoh bilan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylagan.
Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Axborot xizmatining xabariga ko`ra, holat yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.






