1

Bunyodkor U-21 jamoasining so`nggi g`alabasi texnik mag`lubiyatga aylandi

Sport 08.04.2024, 17:35
Bunyodkor U-21 jamoasining so`nggi g`alabasi texnik mag`lubiyatga aylandi

U-21 chempionatining 5-turidan o`rin olgan Bunyodkor U-21 — Dinamo U-21 uchrashuvi mezbonlarning 3:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakuniga etgandi. Biroq o`yin komissarining bildirgisidan kelib chiqib, Bunyodkor U-21 texnik mag`lubiyatga loyiq ko`rildi. Bu haqda O`zbekiston Professional futbol ligasi xabar berdi.  

Xabarga ko`ra, "Superliga va Proliga reglamenti"ning 14.5-bandiga ko`ra, U-21 jamoasi uchrashuv qaydnomasiga 2001 yil va undan avval tug`ilgan faqatgina ikki nafar futbolchini kirita oladi. 2001 yilda tug`ilgan darvozabongina limitdan tashqari qaydnomaga kirishga haqli hisoblanadi. Dinamo U-21 jamoasiga qarshi bellashuvda Bunyodkor U-21 mazkur talabga zid ish ko`rgan. Shu kuni uchrashuv qaydnomasidan 1997 yilda tug`ilgan Marin Lyubich, 1995 hamda 1997 yilda tug`ilgan Najmiddin Normurodov va Momcilo Raso kabi futbolchilar joy olgan.  

"Mazkur holatlar inobatga olinib, Bunyodkor U-21 jamoasiga 0:3 hisobida texnik mag`lubiyat yozildi. Har ikki klubning bu boradagi kelishuv uchun harakati Liga tomonidan inobatga olinmadi. Reglament talabi barcha uchun bir hisoblanadi.  

Shuningdek, Liga uchrashuv komissarining e`tiborsizligi masalasini ham ko`rib chiqdi. Komissar mazkur bellashuv uchun yozilishi kerak bo`lgan gonorardan mahrum etildi va jiddiy ravishda ogohlantirildi. Mazkur masala Liga bilan hamkorlik qilayotgan qolgan komissarlar va hakamlar uchun namuna sifatida ko`rsatiladi", - deyiladi O`zPFL xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1