AsosiyJamiyat

Qaror bilan Ramazon hayiti bayramini o`tkazish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi

'Qaror bilan Ramazon hayiti bayramini o`tkazish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi'ning rasmi

“Muborak Ramazon hayitini nishonlash to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ-154-son, 08.04.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qarorga ko`ra, joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 10 aprel – chorshanba kuniga to`g`ri kelishi haqidagi O`zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma`lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 2024 yil 10 aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Ramazon hayitini xalqimizning milliy an`ana va urf-odatlariga uyg`un holda o`tkazish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Ramazon hayiti kunlarida mo``tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratiladi.


 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar