1

Dam olish va bayram kunlarida ishlaganlarga kamida ikki hissa haq to`lanadi

Jamiyat 10.04.2024, 11:51
Dam olish va bayram kunlarida ishlaganlarga kamida ikki hissa haq to`lanadi

Avval xabar qilinganidek, o`zbekistonliklar Ramazon Hayitida ketma-ket uch kun dam oladi.

Adliya vazirligi xabariga ko`ra, dam olish kunlari yoki ishlanmaydigan bayram kunlari uchun kamida ikki hissa haq to`lanadi.

Ichki hujjatlarda ikki hissadan ko`proq haq to`lanishi belgilanishi mumkin.

Dam olish kunidagi yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish xodimning xohishiga ko`ra boshqa dam olish kunini berish bilan kompensasiya qilinishi mumkin.

Dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish uchun xodimga o`zining xohishiga ko`ra boshqa dam olish kuni berilishi mumkin. Bunda xodimga bir hissa haq to`lanadi.

Xodim jadvalga yoki mehnat shartnomasiga muvofiq umumiy belgilangan dam olish kunlarida (besh kunlik ish haftasida shanba yoki yakshanba kunlari yoki olti kunlik ish haftasida yakshanba kuni) ishlasa, dam olish kunlari esa unga boshqa kunda berilsa, umumiy dam olish kunlaridagi ish uchun bir hissa haq to`lanadi.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1