1

Jizzaxda 7-sinf o`quvchisini urgan o`qituvchi ishdan olindi

Jamiyat 10.04.2024, 13:38
Jizzaxda 7-sinf o`quvchisini urgan o`qituvchi ishdan olindi

Bolalar ombudsmani Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi D.M. dan murojaat kelib tushdi, deya xabar qilmoqda.

Murojaatda D.M. voyaga etmagan farzandi O.T. (7-sinf o`quvchisi, o`g`il bola) 2023 yilning 26 dekabr kuni farzandi tahsil oladigan maktab o`qituvchisi S.M. bolaning yuz qismiga bir necha bor tarsaki urib, uni turli nomaqbul so`zlar bilan haqorat qilganini bildirgan.

Bolalar ombudsmani so`rovi asosida Maktabgacha va maktab ta`lim vaziri mazkur holatni atroflicha o`rgandi.

Jizzax viloyati Zomin tumani MMT bo`limining tegishli mutaxassislari tomonidan holat o`rganilib, mazkur umumiy o`rta ta`lim maktab direktorining buyrug`iga asosan S.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, joriy yilning 23 yanvardagi jinoyat ishlari bo`yicha Zomin tuman sudida o`qituvchining harakatlariga huquqiy baho berilib, S.M. ga nisbatan MJTKning 41-moddasi (Haqorat qilish) va 52-moddasini (Engil tan jarohati etkazish) sodir etgan deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barovari miqdorida jarima jazosi belgilandi.

.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1