1

Farg`ona, Andijon va Namangan bo`ylab harakatlanuvchi shaharlararo poezdlar yagona tarifga o`tkazildi

Jamiyat 10.04.2024, 15:15
Farg`ona, Andijon va Namangan bo`ylab harakatlanuvchi shaharlararo poezdlar yagona tarifga o`tkazildi

“O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati Farg`ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo`ylab harakatlanuvchi shaharlararo yo`lovchi poezdlaridan foydalanuvchilar diqqatiga muhim ma`lumot taqdim etdi.

Ma`lum qilinishicha, 2024 yilning 10 aprel sanasidan shaharlararo yo`lovchi poezdlar yo`nalishlariga yagona tarif (faqat bir zona)ga o`tkaziladi. Bunda yo`lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yo`nalishga qarab, zonalarga bo`linmagan holatda to`lovni amalga oshiradilar.

Shuningdek, ushbu yo`nalishlarida harakatlanuvchi barcha shaharlararo yo`lovchi poezdlari yo`lovchilari elektron to`lov tizimi (ATTO) orqali to`lovni amalga oshirishlari mumkin.

Masalan, "Qo`qon — Namangan — Andijon" yo`nalishi yagona tarif narxi 15 000 so`m. Lekin(ATTO) elektron to`lov tizimi orqali to`lovni amalga oshirmoqchi bo`lgan yo`lovchilar naqd pulda amalga oshiriladigan to`lovdan farqli ravishda 500 so`m miqdorda kam pul to`laydilar.


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1