1

“GAIdan qochganlar bormi?” (video)

Jamiyat 10.04.2024, 17:37
“GAIdan qochganlar bormi?” (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchining qoida buzgani va YPX xodimidan qochgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo`yicha Andijon IIB matbuot xizmati ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 7 aprel kuni Andijon shahar, Milliy tiklanish ko`chasida haydovchi  Yu.S. o`zining “Monza” rusumli transport vositasida avtobus bo`lakka kirib, svetoforning qizil ishorasiga bo`ysunmasdan harakatlangan. Ushbu qoidabuzarlikni vizual holatda ko`rgan YPX inspektori uni to`xtatish uchun maxsus vosita orqali ishora berishiga qaramasdan haydovchi inspektorning qonuniy talabiga bo`ysunmasdan ketib yuborgan.

Bundan tashqari, qoidabuzar haydovchi o`zining ushbu xatti-harakatlarini yo`lovchi sifatida ketayotgan do`sti R.A.ga tasvirga oldirib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Mazkur holat yuzasidan o`tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida qoidabuzar haydovchi aniqlanib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rilgan. Yo`lovchi R.A. bo`yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.


 

 


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1