1

Joriy yil yanvar-mart oylarida “Tez yordam”ga O`zbekiston bo`yicha 3 million 111 ming 148 ta murojaat qayd etilgan

Jamiyat 10.04.2024, 19:36
Joriy yil yanvar-mart oylarida “Tez yordam”ga O`zbekiston bo`yicha 3 million 111 ming 148 ta murojaat qayd etilgan

Joriy yil yanvar-mart oylarida “Tez yordam”ga mamlakatimiz bo`yicha jami 3 million 111 ming 148 ta murojaat qayd etildi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov. — Jumladan, bajarilgan chaqiruvlarning aksariyati, ya`ni 2 million 205 ming 296 tasi shoshilinch ko`rsatma bilan, shuningdek surunkali kasalliklar – 812 ming 247 ta va tug`uruqlar – 19 ming 114 tani tashkil qildi.

Eng ko`p murojaatlar:

Toshkent shahri — 330 919 ta;

Farg`ona viloyati — 326 436 ta;

Andijon viloyati — 300 279 ta;

Toshkent viloyati — 289 533 ta;

Namangan viloyati — 271 791 ta qayd etilgan.

“Tez yordam” xizmatiga eng kam chaqiriq Navoiy viloyati (90 434 ta), Sirdaryo viloyati (107 180 ta), Jizzax viloyati (116 878 ta) va Buxoro viloyatida (150 852 ta) hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida (156 015 ta) kuzatildi.

Ma`lumot uchun, o`tgan 2023 yilning ayni shu davrida tez tibbiy yordam xizmatiga jami 3 million 90 ming 313 ta chaqiriq kelib tushgan edi.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1