AsosiyJamiyat

O`zbekistonning Caudiya Arabistonidagi yangi elchisi faoliyatini rasman boshladi

'O`zbekistonning Caudiya Arabistonidagi yangi elchisi faoliyatini rasman boshladi'ning rasmi

O`zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Caudiya Arabistoni TIVda ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

O`zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Nodir Turg`unov Caudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirining protokol masalalari bo`yicha o`rinbosari Abdulmajid as-Sammariyga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Tashqi siyosat mahkamasida bo`lib o`tgan uchrashuv chog`ida O`zbekiston va saudiya Arabistoni o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Abdulmajid as-Sammariy ikki tomonlama munosabatlarni barcha jabhalarda mustahkamlash va rivojlantirish borasidagi sa`y-harakatlarga hissa qo`shishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida saudiya Arabistoni TIV rahbarining o`rinbosari elchiga ikki mamlakat o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni izchil rivojlantirish borasidagi mas`uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar