Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2024 yilning yanvar-fevral oylarida O`zbekistonga 16,9 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida tashrif buyurgan.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,5 ming nafarga yoki 3,1 barobarga oshgan.
O`zbekistonga 2024 yilning dastlabki 2 oyida eng ko`p quyidagi davlatlarning fuqarolari tijorat maqsadida tashrif buyurgan:
- Turkmaniston – 12 013 nafar;
- Tojikiston – 2 937 nafar;
- Afg`oniston – 582 nafar;
- Xitoy – 260 nafar;
- Turkiya – 243 nafar;
- Hindiston –167 nafar;
- Janubiy Koreya – 133 nafar;
- Qirg`iz Res. – 101 nafar;
- Eron – 65 nafar nafar;
- AQSh – 61 nafar.






