1

Navalniyning o`limi bo`yicha tekshiruv muddati 20 aprelga qadar uzaytirildi

Dunyo 11.04.2024, 20:54
Navalniyning o`limi bo`yicha tekshiruv muddati 20 aprelga qadar uzaytirildi

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning o`limi bo`yicha dastlabki tergov muddati 10 kunga, 20 aprelgacha uzaytirildi. Bu haqda Yamalo-Nenes avtonom okrugi bo`yicha tergov boshqarmasi bildirishnomasiga tayanib, “Korrupsiyaga qarshi kurash fondi” direktori Ivan Jdanov xabar berdi.

Bildirishnomada aytilishicha, Navalniy vafot etgan kuni, 16 fevralda tergov boshlangan (bu haqda Tergov qo`mitasining o`zi xabar bergan). Uning materiallari asosida jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish to`g`risida qaror qabul qilingan edi.

Tekshiruv materiali 21 mart kuni ishlab chiqishga qabul qilingan va uni amalga oshirish muddati 30 kungacha uzaytirilgan.

Bildirishnoma o`ta muhim ishlarni tergov qilish boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari, adliya mayori A.V. Varapaev tomonidan imzolangan. Shuningdek, Navalniyning onasi Lyudmila Navalnayaning so`zlariga ko`ra, o`g`lining jasadini yashirincha dafn qilishni talab qilgan tergovchi ham chaqirtirilgan.

Navalniyning o`lim sabablari haqida davlatdan haligacha rasmiy ma`lumot yo`q, — deb yozadi Jdanov.

Aleksey Navalniy Yamalo-Nenes avtonom okrugidagi koloniyada vafot etgani haqida Federal jazoni ijro etish xizmati 16 fevral kuni xabar bergan edi. O`lim sababi tromblar yorilishi deb aytilgan, ammo bu ma`lumot tasdiqlanmagan. 17 fevral kuni koloniya xodimlari siyosatchining onasi Lyudmila Navalnayaga uning “to`satdan o`lim sindromi”dan vafot etgani haqida xabar bergan. Tibbiy o`lim guvohnomasida esa siyosatchi “tabiiy sabablar” tufayli vafot etgani aytilgan.

Navalniyning jasadi 24 fevral kuni onasiga berilgan. Bundan oldin tergovchilar Navalnayani shantaj qilib, siyosatchining dafn marosimini yashirin o`tkazishni talab qilgan. Aleksey Navalniy 1 mart kuni Moskvadagi Borisovskiy qabristoniga dafn qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1