AsosiyJamiyat
2482

Toshkent shahridagi Bo`rijar kanalida 3 kishi cho`kib ketdi

'Toshkent shahridagi Bo`rijar kanalida 3 kishi cho`kib ketdi'ning rasmi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidan oqib o`tuvchi Bo`rijar kanalida 3 kishi cho`kib ketdi. Ularning biri hali ham qidirilmoqda.

Toshkent shahri FVB matbuot kotibining Kun.uz ga xabar berishicha, baxtsiz hodisa 10 aprel kuni sodir bo`lgan.

Dastlabki taxminlar va guvohlarning ko`rsatmalariga ko`ra, 5 yoshli bola kanal qirg`og`ida o`ynab yurganida, ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib, oqib ketgan. Buni ko`rgan ayol kishi uni qutqarmoqchi bo`lib suvga tushgan va u ham kuchli oqim oqibatida suvga g`arq bo`lgan. Bunga guvoh bo`lgan yana bir shaxs ularni qutqarmoqchi bo`lib, suvga sakragan va oqimga dosh berolmay, cho`kib ketgan.

Ayol va bola bir-biriga qarindosh emasligi ta`kidlanmoqda, ularning jasadi topilgan. Uchinchi shaxsning jasadi qidirilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar