AsosiyJamiyat
1727

Bugungi ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

'Bugungi ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi'ning rasmi

12 aprel kuni Toshkentda havo bulutli bo`ladi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi soniyasiga 12-14 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-15, kunduzi 19-21 daraja iliq bo`ladi. Bu haqda O`zbekiston  Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo`ladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.  

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, kechqurun biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.  

Respublikamizning tog`li hududlarida havo bulutli bo`ladi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar