AsosiyJamiyat
1610

Toshkentda kanalga cho`kib ketgan erkakning jasadi topildi

'Toshkentda kanalga cho`kib ketgan erkakning jasadi topildi'ning rasmi

Avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Bo`rijar kanalida 3 kishi cho`kib ketgani, ulardan ikki nafarining jasadi topilgani xabar qilingandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, hozirda ona va bolani qutqarish maqsadida suvga cho`kib ketgan erkakning ham jasadi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, mazkur voqea 10 aprel kuni sodir bo`lgan. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, 5 yoshli bola qirg`oqda o`ynab, tasodifan suvga tushib ketgan. Uni ko`rgan ayol (bolaning onasi) bolani qutqarish uchun suvga sakragan, biroq kuchli oqim tufayli u ham cho`kib ketgan. Boshqa bir kishi ularga yordam berishga harakat qilgan, lekin uni ham suv oqimi olib ketgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar