AsosiyJamiyat

Bugun ayrim hududlarda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Bugun ayrim hududlarda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

“O`zgidromet” 13 aprel, shanba kuni uchun ob-havo prognozini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun poytaxtda havo bir oz bulutli bo`ladi, kunning ikkinchi yarmida bir oz yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 19-21 daraja bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kuchli bo`lishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kuchli bo`lishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kuchli bo`lishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kuchli bo`lishi mumkin, baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar