1

O`zbekiston Rossiyadan bir millionga yaqin sayyohlar kelishini kutmoqda

Dunyo 13.04.2024, 09:30
O`zbekiston Rossiyadan bir millionga yaqin sayyohlar kelishini kutmoqda

O`zbekiston Turizm qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2024 yilda Rossiyadan bir millionga yaqin sayyoh kelishi kutilmoqda va respublika hukumati ushbu mamlakatdan sayyohlar oqimini ko`paytirish ustida faol ishlamoqda. Bu haqida Xususan,"RIA Novosti"axborot agentligi tomonidan tarqatilgan maqolada ta`kidlangan.

Qo`mita marketing bo`limi boshlig`i Aziz Mirjalilovning "RIA Novosti" AA muxbiriga aytishicha, Rossiya turizm bozori O`zbekiston uchun strategik bozor hisoblanadi. "Bizning oldimizga juda katta vazifalar qo`yilgan. Shulardan biri — joriy yilda Rossiyadan bir millionga yaqin sayyohni jalb etishdir", — deya Aziz Mirjalilov so`zlaridan iqtibos keltirgan nashr.

Qayd etilishicha, joriy yil yanvar oyida O`zbekiston Prezidentining tegishli qarori bilan respublikaga, jumladan, Rossiyadan xorijiy sayyohlarni jalb etish chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

"Vestnik Kavkaza" nashrida e`lon qilingan ushbu mavzudagi maqolada ta`kidlanishicha, 2023 yilda Rossiyadan O`zbekistonga sayyohlar oqimi 714 ming kishini tashkil qilgan. "Bu undan oldingi yilgi ko`rsatkichdan 25,8 foizga ko`p. Rossiya O`zbekistonga eng ko`p mehmonlar tashrif buyuradigan 5 ta davlat qatoriga kiradi", — deb yozgan "Vestnik Kavkaza".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1