AsosiyJamiyat

13 yoshli sportchi qizning otasi O`zbekiston sharafini himoya qilishiga qarshilik ko`rsatmoqda

'13 yoshli sportchi qizning otasi O`zbekiston sharafini himoya qilishiga qarshilik ko`rsatmoqda'ning rasmi

Terma jamoasi a`zosi bo`lgan 13 yoshli qizning otasi uni O`zbekiston sharafini himoya qilishiga qarshilik ko`rsatmoqda. Bu haqida uning onasi Bolalar ombudsmanidan yordam so`rab qilgan murojaatida qayd etilgan. 

Qizchaning onasi M.M. o`z murojaatida sobiq turmush o`rtog`i S.M. sport bo`yicha milliy terma jamoada ishtirok etayotgan qizi Ya.M. (2011-yil) xalqaro musobaqaga tayyorgarlik va Osiyo o`yinlarida ishtirok etishi uchun xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishda hamda qizini xorijga chiqishiga to`sqinlik qilayotganligini aytgan.  

Mazkur masalada Bolalar ombudsmani mutasaddi idoralar bilan birgalikda ko`rgan choralari natijasida qizning istiqboli va kelgusi imkoniyatlari otaga tushuntirilib, S.M. farzandining xorijga sport musobaqalarida ishtirok etish uchun chiqishiga rasmiy ravishda ruxsat berdi

    Boshqa yangiliklar