1

Turkiyada o`zbekistonlik do`stini otib o`ldirdi

Dunyo 13.04.2024, 16:12
Turkiyada o`zbekistonlik do`stini otib o`ldirdi

Turkiyada o`zbekistonlik yigit do`stini otib qo`ydi. Bu haqida mamlakatimizning Istanbuldagi bosh konsulligi xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 9 aprel kuni Istanbul viloyati Fotih tumanida sodir bo`lgan. Tumanga vaqtinchalik ishlash uchun kelgan ikki nafar O`zbekiston fuqarolari Instagram tarmog`iga to`pponcha bilan video olib joylamoqchi bo`lgan. 

22 yoshli S.Gebbarov honadoshi va o`rtog`i U.Rahmatilloev tomonidan otib qo`yilgan.  

S.Gebbarov bosh qismiga olingan o`q natijasida o`sha erda vafot etgan. U.Rahmatilloev esa mahalliy polisiya tomonidan ushlangan.  

U.Rahmatilloevning ko`rsatmasiga ko`ra, ikki o`rtoq arafa kuni birgalikda iftor qilib, gaplashib o`tirishgan. S.Gebbarov to`pponcha bilan video olmoqchi bo`lgan. U.Rahmatilloev to`pponchani o`qsiz deb o`ylab bilmasdan otib qo`ygan.  

Vafot etgan vatandoshimizning jasadini mamlakatimizga yuborish bo`yicha ishlar olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1