AsosiyJamiyat
1944

Farg`onada o`qituvchi o`quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklandi (video)

'Farg`onada o`qituvchi o`quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklandi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyatining Toshloq tumanidagi maktabda o`qituvchi o`quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklangani aytilgan video tarqaldi.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Odiljon Jalolov voqea Toshloq tumanidagi 25-maktabda sodir bo`lganini tasdiqlagan. 

Janjalda jismoniy tarbiya fani o`qituvchisining qoshi yorilgan. Voqea haqida IIB xodimlariga ham xabar berilgan. Ayni paytda o`qituvchi shifoxonada. 

O`qituvchi 9-sinf o`quvchisini urishgani sabab uning qarindoshlari maktabga kelib, janjal qilgan. 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar