1

Hayvonot bog`idagi sherning ko`ziga nima bo`lgan edi?

Jamiyat 13.04.2024, 20:36
Hayvonot bog`idagi sherning ko`ziga nima bo`lgan edi?

Ijtimoiy tarmoqlarda "Farg`ona hayvonot bog`ida urg`ochi sherga veterinarning malakali yordami kerak" mavzusida xabarlar tarqaldi. 

Holat yuzasidan viloyati Ekologiya boshqarmasi o`rganish olib borilgan.

Ma`lum bo`lishicha, hayvonot bog`idagi sher irsiy kasallik sabab bir ko`zi nuqson bilan tug`ilgan.

Hayvonot bog`ida saqlanayotgan boshqa hayvonlar va qushlar sog`lom bo`lib, o`z vaqtida oziqlantirib kelinmoqda. Viloyat prokuraturasi hamda Inspektorlar tomondan hayvonot bog`i to`liq nazoratdan o`tkazilganda, hududda veterinar tomonidan doimiy ravishda qafaslarni dorilash va hayvonlarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish ishlari olib borilayotgani hamda bog` mutasaddilari hayvonlar uchun sharoit va ozuqa zaxirasi yaratilgani aniqlangan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1