AsosiyJamiyat
1758

Jizzaxdagi dahshatli YTHda ikki kishi halok bo`ldi, to`rt kishi jarohat oldi

'Jizzaxdagi dahshatli YTHda ikki kishi halok bo`ldi, to`rt kishi jarohat oldi'ning rasmi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “So`loqli” mahallasi hududidan o`tgan Toshkent – Termiz M-39 yo`lining 998- kilometrida “Yotong” avtobusi “HOWO” rusumli yuk mashinasining orqasidan urilgan. Bu haqida viloyat IIB xabar berdi.

Oqibatda Qoraqalpog`iston Respublikasining Xo`jayli hamda Mo`ynoq tumanida yashagan 2 nafar fuqaro olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. 

Shuningdek, Qoraqalpog`istonning Nukus shahri va Taxiatosh tumanida yashovchi 3 kishi hamda 1 nafar fransiyalik fuqaro turli darajada jarohatlar olgan. Tibbiy yordamga muhtojlarga tegishli yordamlar ko`rsatilmoqda. Shuningdek, avtobusning boshqa yo`lovchilarini manzillariga etkazish choralari ko`rilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar