1

Nuriddin Zaynitdinov hibsga olindi

Jamiyat 14.04.2024, 11:01
Nuriddin Zaynitdinov hibsga olindi

O`zbekiston Respublikasi Aeronavtika Federasiyasi raisi o`rinbosari, O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati, Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo`yicha komissiyasi a`zosi, siyosatshunos va jamoatchilik faoli Nuriddin Zaynitdinov kecha, 13 aprel kuni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo`lga olingan. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherboev ma`lum qildi.

Deputatning nima uchun qo`lga olingani va ushlab turilgani hozircha noma`lum.

Muqaddam Nuriddin Zaynitdinov bir necha bor o`ziga qarshi "provokasiya " va bosimlar uyushtirilayotgani haqida bayonot bergandi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1