1

Prezident sirdaryolik otaxonga avtomobil sovg`a qildi

Jamiyat 15.04.2024, 11:11
Prezident sirdaryolik otaxonga avtomobil sovg`a qildi

Sayxunobod tumanidagi Paxtakon mahallasida yashovchi bog`bon Tursunboy ota Aripovga prezident sovg`asi topshirilgan.

Sayxunobod tumanidagi Paxtakon mahallasida yashovchi Tursunboy ota Aripovni nafaqat tumanda, balki viloyatda ham ko`pchilik mirishkor bog`bon sifatida biladi.

Otaxon mehnat faoliyatini 15 yoshida kolxozda suvchilikdan boshlagan.Keyinroq tumanda tashkil etilgan bo`rdoqichilik chorva fermasida 40 yil mehnat qildi.  

2011 yilda nafaqaga chiqqach, tomorqasida uzumchilik bilan shug`ullana boshladi. Uzoq yillar uzum etishtirib, tok parvarishining hadisini oldi. Hozir uzumning rizamat, husayni, kelin barmoq, shohonaki, ketmon sop kabi navlarini ko`paytirmoqda. Otaxon yangi “abatar” navini payvand qilganini aytdi.    

– Prezidentimizning tumanimizga tashrifi mening hayotimda eng baxtli, esda qolarli kun bo`ldi, – deydi Tursunboy ota. – Tashrif chog`ida yurtboshimiz menga «Treker» avtomashinasini sovg`a qildi. Keyin mahalladagi uzum etishtiruvchilarga murabbiylik qilishimni aytdi. Ishonsangiz, haligacha hayajonim bosilgani yo`q. Xushxabarning qo`shqanoti bo`ladi, deganlaridek, mahalla- ko`y, tumanimiz, viloyatimiz, qolaversa, vodiydagi qarindoshlar, do`st-birodarlarning tabriklari og`ushida yashayapman. Farg`ona vodiysining Oltiariq tumanidagi Uzumchi mahallasi singari endi bizning mahalla aholisi ham uzumchilik bilan shug`ullanadi. Hamqishloqlarimga bu borada qo`limdan kelganicha xizmat qilaman.  

Otaxon 2011 yilda nafaqaga chiqqach, tomorqasida uzumchilik bilan shug`ullana boshlaydi. Uzoq yillar uzum etishtirib, tok parvarishining hadisini oladi. Hozir uzumning rizamat, husayni, kelin barmoq, shohonaki, ketmon sop kabi navlarini ko`paytirmoqda. Otaxon yangi «abatar» navini payvand qilganini aytadi.    

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1