1

Bugun O`zbekiston-Hindiston qo`shma harbiy mashg`ulotlari boshlandi

Jamiyat 15.04.2024, 11:50
Bugun O`zbekiston-Hindiston qo`shma harbiy mashg`ulotlari boshlandi

Bugun O`zbekiston va Hindiston Mudofaa vazirliklari bo`linmalari o`rtasida "Termiz" harbiy poligonida "Do`stlik" qo`shma harbiy o`quv mashg`ulotlarining beshinchi davrasi boshlanmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Bu ikki davlat o`rtasidagi beshinchi harbiy mashg`ulot bo`lmoqda. 2019 yildan buyon shu paytgacha "Do`stlik" mashg`ulotlari har ikki davlatda ikki martadan o`tkazilgan.

Avvalgilaridan farqli ravishda navbatdagi qo`shma tadbirda tomonlarning 60 nafardan harbiy xizmatchisi ishtirok etmoqda. Shuningdek, quruqlikdagi qo`shinlar vakillariga harbiy havo kuchlari mutaxassislari ham qo`shilgan.

Mashg`ulotlarda harbiy bo`linmalar o`rtasida terrorizmga qarshi birgalikda kurashish va boshqa operasiyalarni amalga oshirishda muvofiqlashtirilgan harakatlar va jipslikni oshirishga asosiy e`tibor qaratiladi.

O`zbekistonda tashkil etilayotgan hamkorlikdagi harbiy o`quv mashg`ulotlari Hindiston ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1