1

O`zbekistonning 9 ta viloyatda sel xavfi e`lon qilindi

Jamiyat 15.04.2024, 12:08
O`zbekistonning 9 ta viloyatda sel xavfi e`lon qilindi

"O`zgidromet" 16−17 aprel kunlari kuchli yomg`irlar yog`ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Unga ko`ra,

  1. Qashqadaryo viloyati: Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor tumanlari;
  2. Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrabot tumanlari;
  3. Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;
  4. Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;
  5. Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
  6. Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlari;
  7. Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlari;
  8. Farg`ona viloyati: So`x, Farg`ona, Beshariq tumanlari va Shohimardon hududi;
  9. Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod shahri.

Tog`oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rish so`ralmoqda.

Xabarga ko`ra, Respublika hududi bo`yicha yomg`ir suvlari to`planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1