1

Litvada bolalar soni kamayib bormoqda

Jamiyat 16.04.2024, 17:40
Litvada bolalar soni kamayib bormoqda

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, Litvada bolalar soni kamayib bormoqda, hududlarda maktablar va bolalar bog`chalari yopilmoqda. Bu muqarrar ravishda mehnat bozoriga ta`sir qiladi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, jamiyatning qarishi allaqachon biznesga o`z ta`sirini o`tkazmoqda va kelajakda bu ta`sir yanada kuchayadi. Mehnatga layoqatli yoshdagilar sonining kamayishi allaqachon mavjud muammo - bu nafaqat kompaniyalar, balki davlat hayotiga ham ta`sir qiladi. Sog`liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimiga ko`proq mablag` talab etiladi, yoshlar esa kamroq bo`ladi.

Litva Sanoatchilar konfederasiyasi prezidenti Vidmantas Yanulevichyus ishchilar etishmasligi tufayli korxonalarning to`liq quvvat bilan ishlashi qiyin va barcha buyurtmalarni bajarish imkoni yo`qligini aytdi.

Yanulevichyusning fikricha, pensiya yoshidagi, hali ham o`zini kuchli va mehnatga layoqatli his qiladigan, biror narsaga ega bo`lishni xohlaydigan odamlar mehnat bozorida qolishi kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1