AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda ma`naviy-ma`rifiy ishlarga mas`uliyatsizlik bilan qaragan rahbarlarga intizomiy jazo berildi

'Qashqadaryoda ma`naviy-ma`rifiy ishlarga mas`uliyatsizlik bilan qaragan rahbarlarga intizomiy jazo berildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023 yil  22 dekabrda o`tkazilgan Respublika Ma`naviyat va ma`rifat kengashining kengaytirilgan yig`ilishi o`tkazilgan edi. Unda soha mas`ullariga qator vazifalar yuklanib, tegishli topshiriqlar berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi hududlarda qanday ta`minlanmoqda? Viloyatda ma`naviy-ma`rifiy muhit barqarorligini ta`minlash borasidagi ishlar samarali yo`lga qo`yilganmi? Mazkur savollarga javob topish maqsadida Respublika Ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatida o`rganish ishlarini olib bordi.

Ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi 16 ta tuman/shahar Ma`naviyat va ma`rifat kengashi, 28 ta maktab, 14 ta axborot-kutubxona markazi, 12 ta madaniyat markazi, 2 ta teatr, 11 ta istirohat bog`i, 32 ta idora va korxonalarning ma`naviy-ma`rifiy ishlar holati tahlil qilindi.

Qashqadaryo viloyati hokimiyatida mazkur o`rganish natijalari yuzasidan tanqidiy-tahliliy yig`ilish o`tkazildi. Unda Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi rahbari Otabek Hasanov va Qashqadaryo viloyati hokimi,  viloyat Ma`naviyat va ma`rifat kengashi raisi Murodjon Azimov, tuman ma`naviyat va ma`rifat kengashi raislari, sohaga mas`ul xodimlar ishtirok etdi.

Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi rahbari Otabek Hasanov o`rganish natijalari bo`yicha tanqidiy-tahliliy fikrlarini bildirdi, mas`uliyatsizlikning oqibati ertamizga ta`sir qilishini aytib, “O`rganish natijalarida ko`rsatilgan kamchiliklar avvalo soha rivoji uchun muhimligi, muammolarni berkitish emas, uni hal qilish, echim topish asosiy maqsad bo`lishi kerak. Ha, yutuqlar ham bor. Biroq ularga mahliyo bo`lish, tarbiya, ma`rifat bilan bog`liq ishlarni orqaga surish, "qo`l uchida" ishlash – kelajakka qilingan hiyonatdir. Buni aslo kechirib bo`lmaydi”, dedi.

Zero, ayrim tuman  Ma`naviyat va ma`rifat kengashlari tomonidan o`tkazilgan yig`ilishlarga jiddiy yondoshilmagani, ijtimoiy-ma`naviy muhit tahlili yo`qligi, ma`rifiy ishlarga etarlicha e`tibor qaratilmagan, sohaga oid vazifalar ijrosi qo`l uchidagina bajarilgani tanqid qilindi.

Aniq maqsadga qaratilgan o`rganishlar esa olib borilmagan. Ijtimoiy-ma`naviy muhit tahlili mavjud emas. 

Bir qator tuman hokimliklari tomonidan orttirilgan mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan ma`naviy-ma`rifiy ishlar uchun umuman mablag` ajratilmagan. Bu bilan ma`rifat masalasiga jiddiy qaralmagani, sohaga mas`ul ekani ham unutilgan go`yo.

Sohaga bunday mas`uliyatsizlik bilan qaragan mas`ul rahbarlar ogohlantirilib, intizomiy jazo choralari ko`rildi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar