1

NATO O`zbekiston kursantlariga mashg`ulot o`tmoqda

Jamiyat 17.04.2024, 09:43
NATO O`zbekiston kursantlariga mashg`ulot o`tmoqda

Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) mutaxassislari O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Dastlab delegasiya a`zolariga Markazning o`quv-moddiy bazasi va o`quv xonalarida yaratilgan sharoitlar tanishtirilib o`tildi.

Shundan so`ng Markazning Madaniyat va ma`rifat markazida mehmonlar o`zaro tanishuv suhbati hamda mas`ul shaxslar ishtirokida brifing o`tkazildi.

Brifing davomida markaz shaxsiy tarkibi va kursantlarga NATO harbiy hamkorligi to`g`risida tegishli ma`lumotlar berildi. Shundan so`ng Markazda tahsil olayotgan kursantlar uchun NATOga a`zo davlatlarda serjantlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo`yicha bir qator mavzularda mashg`ulotlar tashkil etildi hamda mavzu bo`yicha o`zaro fikrlar almashildi.

Mazkur hamkorlikdagi o`quv-uslubiy mashg`ulotlar 20 aprel kuniga qadar davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1