1

Toshkent metrosida qizga shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi

Jamiyat 17.04.2024, 12:33
Toshkent metrosida qizga shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi

2024 yil 9 aprel kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tumani sudida metroda o`ziga notanish qizga shilqimlik qilgan yigit ustidan sud hukmi o`qildi.

1999 yilda tug`ilgan X.A.ning aytishicha, "Paxtakor" metro bekatidan "Novza" bekatiga qarab harakatlangan, metro ichida odamlar ko`p bo`lgani sababli bir-biriga tegib turgan. X.A. o`sha vaqtda o`zi bilmagan holda qizning beldan pastki qismiga tegib ketganini, hozirda qilgan ishidan pushaymonligini, unga nisbatan engillik berishni so`radi.

Jabrlanuvchi qizning ma`lum qilishicha, metroda ketayotgan vaqtida X.A. unga nisbatan uyatli harakatlar qilgan. Qiz dastlab metroda odam ko`p bo`lgani sababli orqasida turgan qiz bolaning sumkasi tegib ketgan deb o`ylagan, so`ngra unga yana tegina boshlaganida X.A.ning qo`lidan ushlab olgan. Gaplashib olish maqsadida X.A.ning orqasidan borganiga qaramasdan yigit qochib ketgan. Jabrlanuvchi huquqbuzarga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Sud X.A. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 41−1-moddasida (Shahvoniy shilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topib, unga nisbatan 5 (besh) sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1