AsosiyJamiyat
852

Prezident Shavkat Mirziyoev Tojikistonga jo`nab ketdi

'Prezident Shavkat Mirziyoev Tojikistonga jo`nab ketdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18 aprel kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo`nab ketdi.

Avval xabar qilinganidek, tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuvlar va qo`shma tadbirlar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida turli sohalardagi ko`p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bitimlarning salmoqli to`plamini qabul qilish ko`zda tutilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar