Suv toshqinidan jabr ko`rgan 5 803 qozoq oilasiga 369 200 tenge miqdorida bir martalik to`lov berildi, deya xabar beradi hukumat.
877 oilaga jami 380 million tenge zarar tovon puli to`langan. O`lgan chorva mollari egalariga 38,9 mln.tengi berilgan.
Maxsus tuzilgan hududiy komissiyalarga Abay, Oqmo`la, Aqto`be, Atirau, G`arbiy Qozog`iston, Qarag`anda, Qo`stanay, Pavlodar, Shimoliy Qozog`iston va Ulitov viloyatlari aholisidan 13 ming 577 ta murojaat kelib tushdi.
Zarar ko`rgan hududlarda 2602 ta turar-joy binosi o`rganilib, ularning 1499 tasi baholandi. Ma`lum bo`lishicha, 794 ta uyni tiklash mumkin, 701 tasi esa butunlay vayron bo`lgan.
197 oilaga uy-joylarni ta`mirlash uchun 218,6 million tenge mablag` ajratildi. Uylari butunlay vayron bo`lgan 33 oilaga uy va xonadonlar berildi.
Pavlodar, Qarag`anda va Aqto`be viloyatlarida boshpanasiz qolganlar uchun uylar qurilishi boshlandi.