1

Jizzaxda "Gentra" urib ketgan ikki o`quvchi halok bo`ldi

Jamiyat 19.04.2024, 10:00
Jizzaxda "Gentra" urib ketgan ikki o`quvchi halok bo`ldi

G`allaorol tumanidagi "Oqtom" mahallasidan o`tgan yo`lda  "Gentra" haydovchisining YTH 2 nafar maktab o`quvchisining halok bo`lishi bilan yakunlandi. 

Bu haqda viloyat IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi  xabar berdi.

Bahmal tumanida yashovchi 32 yoshli haydovchi "Gentra" avtomobilida 100 tezlikda ketayotib, yomg`ir sabab boshqaruvini yo`qotgan. Oqibatda maktabga ketayotgan 5- va 7-sinf o`quvchilarini urib yuborgan.

YTH oqibatida bolalar vafot etgan. Yo`l chetida bog`lanib turgan qoramol ham o`ziga kelib urilgan mashina zarbidan halok bo`lgan.

- "Harbiy bo`laman", derdi. Meni yaxshi ko`rishini aytardi. Uni qanday unutaman, deydi farzand dog`idan bag`ri-dili "yonayotgan" ona.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, haydovchiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Haydovchi 2023 yilning dekabr oyidan shu kungacha 11 marotaba yo`l harakati qoidalarini buzgani aniqlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1