AsosiyDunyo

Shavkat Mirziyoev Tojikiston Namoyandagon majlisi raisi bilan uchrashdi

'Shavkat Mirziyoev Tojikiston Namoyandagon majlisi raisi bilan uchrashdi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev Tojikistonga davlat tashrifi doirasida 19 aprel kuni ushbu mamlakat Oliy Majlisi Namoyandagon majlisi Raisi Mahmadtoir Zoir bilan uchrashuv o`tkazdi.

Uchrashuvda O`zbekiston bilan Tojikiston o`rtasidagi ko`p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida bugun yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Parlamentlararo almashinuvni yanada faollashtirish, kooperasiya loyihalari va madaniy-gumanitar dasturlarni qo`llab-quvvatlash va ilgari surish uchun sohaviy qo`mitalar va hududiy kengashlar darajasida samarali aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Qabul qilingan hujjatlarni xatlovdan o`tkazish hamda oliy darajadagi kelishuvlarning o`z vaqtida ro`yobga chiqarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda ikki mamlakat deputatlarining muhim roli qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar