1

Qashqadaryoda bir yigit “samosud” qilindi (video)

Jamiyat 22.04.2024, 11:57
Qashqadaryoda bir yigit “samosud” qilindi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda bir yigit o`zaro kelishmovchilik sabab “samosud” qilingani aks etgan videolavha tarqaldi. 

Viloyat IIBning ma`lum qilishicha, vidiodagi holat joriy yilning  21 aprel kuni taxminan soat 16-00 larda sodir bo`lgan. Qarshi shahrida yashovchi T.A.  tanishlari bilan bir guruhga birlashib, o`zaro kelishmovchilik natijasida Qarshi tumanida yashovchi  X. D.ni Qarshi shahar “Vatanparvarlar bog`i” oldidan “Matiz” rusumli avtomashinaga mindirib,  shaharning G`afur G`ulom mahallasining chekka hududiga olib borib, kaltaklagan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1