AsosiyJamiyat
1007

Ertaga ba`zi hududlarda momaqaldiroq bilan kuchli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Ertaga ba`zi hududlarda momaqaldiroq bilan kuchli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

"O`zgidromet" O`zbekiston hududlari bo`ylab 22-26 aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e`lon qildi

Ertaga – 23 aprelda kunning ikkinchi yarmida faqat Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin.

24 aprelda O`zbekiston hududining katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi.

25-26 aprel kunlari respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi.

Ushbu kunlarda harorat foni deyarli o`zgarmaydi. Harorat asosan kechalari 13-18o, kunduz kunlari 24-29o bo`ladi.

22-26 aprelda tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi.

24-25 aprelda shimolda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi.

22 aprelda harorat ko`tarilishi hisobiga baland tog`larda qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.

22-23 aprelda tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxtda: havo o`zgarib turadi, 22-23 aprel va 25 aprelda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.  24 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 14-17o, kunduz kunlari 23-28o bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar