AsosiyJamiyat
923

Andijonda alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanib kelayotgan shaxslar qo`lga olindi

'Andijonda alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanib kelayotgan shaxslar qo`lga olindi'ning rasmi

Mamlakatimizga aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishi, saqlanishi va aylanishiga ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar tomonidan tizimli ravishda qarshi kurash olib borilmoqda.

Jumladan, O`zbekiston Respublikasining «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste`mol qilinishini cheklash to`g`risida»gi qonunining 14-moddasida bojxona organlariga alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste`mol qilish moslamalarining aylanishi jarayonida bojxona to`g`risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, ularni mamlakatimiz hududiga qonunga xilof ravishda olib o`tilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo`yish bo`yicha tadbirlarni amalga oshirish vakolati berilgan. 

Qonun ijrosini ta`minlash maqsadida Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan bojxona chegaralari orqali tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishi, saqlanishi va aylanishiga qarshi muntazam tezkor tadbirlar o`tkazilmoqda.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi katta inspektori Sardorbek O`rinboevning ta`kidlashicha, 2023 yil davomida boshqarma tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida tamaki mahsulotlarini noqonuniy aylanishi bilan bog`liq 33 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, umumiy miqdori 30437 quti, qiymati 1 mlrd 652 mln 547 ming so`mlik tamaki mahsulotlari ushlab qolingan. Aniqlangan holatlar yuzasidan ikkita holatda huquqbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

2024 yil 16 aprel kuniga qadar boshqarma tomonidan tamaki mahsulotlarini noqonuniy aylanishi bilan bog`liq 13 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, ular bo`yicha umumiy miqdori 17900 quti, qiymati 188 mln 922 ming so`mlik tamaki mahsulotlari ushlab qolingan.

- Joriy yilning o`tgan davri mobaynida esa Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 13 holatda 17900 ta qutida umumiy qiymati 189 mln so`mni tashkil etuvchi tamaki mahsulotlarining O`zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy kirib kelishi hamda aylanmasining oldi olindi, — deydi Sardorbek O`rinboev. – Bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom etmoqda. 

Mazkur yo`nalish bo`yicha soliq organlari tomonidan ham savdo va xizmat ko`rsatish ob`ektlarida alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste`mol qilish moslamalarining qonunga xilof ravishda aylanishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo`yish bo`yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

- Andijon viloyatida jami 40 ta tamaki mahsulotlari hamda 274 ta alkogol savdosi bilan shug`ullanuvchi savdo ob`ektlari mavjud. Soliq xizmati organi tomonidan alkogol va tamaki yo`nalishda yil davomida 193 ta tekshirish o`tkazilgan bo`lib, aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan tadbirkorlarga nisbatan 116 milliard 825 million 664 ming so`mlik jarima qo`llanilgan. Shuningdek, o`tkazilgan sayyor soliq tekshiruvlarida alkogol savdosi bo`yicha 70 ta tekshirishda 116 mlrd 738 mln 183 ming so`mlik, tamaki savdosi bo`yicha 8 ta tekshirishda esa 87 mln 481 ming so`mlik jarima qo`llanilgan.

Bundan tashqari soliq xizmati organi xodimlari tomonidan noqonuniy tamaki savdosini aniqlash yuzasidan 2023 yilda o`tkazilgan reyd tadbirlari davomida 88 ta sub`ektning aynan qaysi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganligi hamda sifatini kafolatlovchi biror-bir hujjatlari ham mavjud bo`lmagan jami 5 717 quti ya`ni, 96 mln 737 ming so`mlik tovarlari olib qo`yilgan.

Andijon viloyatida mazkur yo`nalishda ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.

#Reklama huquqi asosida

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar