1

"O`zmetkombinat" xodimi o`zini osib, joniga qasd qildi

Jamiyat 23.04.2024, 10:21
"O`zmetkombinat" xodimi o`zini osib, joniga qasd qildi

"O`zmetkombinat" xodimi o`zini osib, joniga qasd qildi. Bu haqida Bekobod shahar prokuraturasi ma`lum qildi. 

Ma`lum qilinishicha, holat joriy yilning 17 aprel kuni soat 09:00 atrofida sodir bo`lgan. Bekobod shahar "Andijon" MFYda yashovchi fuqaro K. Sh. "O`zmetkombinat" AJga qarashli “Navli prokat bo`limi”ning omborxonasida o`zini-o`zi osib joniga qasd qilgan.

Hlim sababini aniqlash yuzasidan o`tkazilgan sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, marhumning o`limiga bo`yin a`zolari sirtmoq bilan qisilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo`lgan.

Shahar ko`p tarmoqli poliklinikasi marhum psixiatr va narkolog ro`yxatida turmasligini aniqlangan.

Marhum o`zini 1,5 metr bo`lgan "arqon"da osgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi huzuridagi Davlat mehnat nazorat inspeksiyasiga mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi holatini o`rganish bo`yicha talabnoma yuborilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Bekobod shahar prokurori tomonidan o`rganish ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1