AsosiyDunyo

Putin Kremlda Ozarbayjon rahbari bilan muzokara o`tkazdi

'Putin Kremlda Ozarbayjon rahbari bilan muzokara o`tkazdi'ning rasmi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliev bilan muzokara o`tkazdi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi. 

Qayd etilishicha, tomonlar Rossiya-Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan hamda mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashgan.

Xususan, ikki davlat o`rtasida “hamkorlikning ko`plab qiziqarli yo`nalishlari” bor, deb ta`kidladi Rossiya prezidenti.

“Boku mintaqadagi xavfsizlik masalalari Moskva ishtirokida hal etilayotganidan mamnun. Rossiya Kavkazda mintaqaviy xavfsizlik va kengroq geografiya nuqtai nazaridan fundamental davlat”, dedi Aliev.

    Boshqa yangiliklar