AsosiyDunyo

Avstraliyalik qiz 4,5 km balandlikdan yiqilib, tirik qoldi

'Avstraliyalik qiz 4,5 km balandlikdan yiqilib, tirik qoldi'ning rasmi

Avstraliyalik qiz 4,5 km balandlikdan yiqilib, tirik qoldi. Bu haqida zamon.uz xabar berdi.

Emma Keri ismli qiz Shveysariyaning Alp tog`larida parashyutdan sakrash orzusini ro`yobga chiqarishga qaror qilgan.

Biroq parashyutda yuzaga kelgan nosozlik sabab instruktor bilan birga erga qulab tushgan. Avvaliga qiz beligacha shol bo`lib qoldi, shifokorlar uning yurib ketishga umid yo`q deb aytishgandi. Oradan biroz vaqt o`tib Emmi yurishga harakat qila boshladi va yana odatiy hayotga qaydi.

U bu voqea hayotini tubdan o`zgartirgani haqida gapirarkan, endi har bir kun va har bir daqiqaning qadriga etib yashashni o`rganganini aytdi.

"O`sha payt men bor-yog`i 10 soniyagina umrim qoldi deb o`ylagandim. Shundan keyin hayotim haqiqatan ham o`zgardi va endi men har bir kun yashashim uchun qo`shimcha vaqt ekanligini his qilyapman", deydi u.

    Boshqa yangiliklar