Fransiyaning Evryo shahrida yashovchi fuqaro o`ziga qarindoshidan meros bo`lib qolgan uydan 100 kiloli oltin topib oldi, deb xabar beradi “Tjournal”.
Topilmaning bahosi taxminan 3,5 million evro deb baholanmoqda.
OAVda ismi-sharifi ma`lum qilinmayotgan erkak meros bo`lib qolgan uyga qiziqish bildirmadi va uni sotish uchun savdo agentini taklif qildi. Biroq, mebellarning joyini o`zgartirish paytida uydan maxfiy joylar topildi. Ulardan biri shkaf tagida, boshqasi esa choyshablar uyumi ostida joylashgan edi. Mazkur maxfiy joylardan har birining og`irligi 12 kilolik bo`lgan ikki oltin bo`lagi, etti kilolik quyma oltin va 5 mingtadan ko`proq oltin tangalar topildi. Uyning sobiq egasi oltinni 50-60 yil mobaynida yiqqan va tegishli sertifikatlarni saqlab qo`ygan.





